Shahzoda - Yurak

Shahzoda

Yurak

Yurak, yana yurak
Seni sog’inar, seni sog’inar.
Armon, yana armon,
U yurakni qiynar, yana qiynar.
Nega tuyg’ular, nega orzular
Sensiz yolg’iz, xazonda qolar?

Sog’inch, azoblar,
Yurak seni eslar, yana eslar,
Seni izlar.
Sog’inchimga ko’nmay,
Yolg’iz seni tinmay,
Seni so’rar.

Yana baxt, yana dard,
Kunlarimga qayg’u yonma-yon.
Sog’inar, ovunar,
Unutolmay seni hech qachon.
Tunu-kun u seni o’ylab,
Orzudan u seni so’rab,
Qalbimda seni deb urar.

Yurak, yurak,
Ojiz qalbimga o’zing kerak.
Armon, armon,
Sog’inchimga yo’qdir darmon.
To’kilgan xazonlardan,
Olis bu osmonlardan,
Ayt seni qaydan izlay?

Sog’inch, azoblar,
Yurak seni eslar, yana eslar,
Seni izlar.
Sog’inchimga ko’nmay,
Yolg’iz seni tinmay,
Seni so’rar.

Yurak, yana yurak
Seni sog’inar, seni sog’inar.
Armon, yana armon,
U yurakni qiynar, yana qiynar.
Nega tuyg’ular, nega orzular
Sensiz yolg’iz, xazonda qolar?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurak
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 7, 2014