Sharof Muqimov - Sevgimni avayla qo'shiq matni, lyrics

Sharof Muqimov

Sevgimni avayla

Orzu-umidim faqat senga bog`liq,
Yashaysan yuragim to`rida.
Asra sevgimiz, dog` tushirmagin,
Ishonchim borida, senga borida.

Ko`zlarim sendan o`zgani ko`rmas,
Sensiz bir lahza yurak yasholmas.
Meni tark etma, yonimda bo`lgin,
Sen meni, baxtim, deb ishontirgin.

Kel endi, bugun meni chorla,
Kel endi, sog`inchlarim tingla.
Kel endi, mehringni ayama,
Sevgimni avayla, sevgimni avayla. (x2)

Qayda bo`lmagin, asrasin seni
Xudoyim doimo panohida.
Mendan baxtliroq yo`q bu dunyoda,
Bo`lsang mening yonimda, sen yonimda.

Ko`zlarim sendan o`zgani ko`rmas,
Sensiz bir lahza yurak yasholmas.
Meni tark etma, yonimda bo`lgin,
Sen meni, baxtim, deb ishontirgin.

Kel endi, bugun meni chorla,
Kel endi, sog`inchlarim tingla.
Kel endi, mehringni ayama,
Sevgimni avayla, sevgimni avayla. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgimni avayla
Xonanda:
Sharof Muqimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 12, 2018