Shaxriyor - Ayt qachon? qo'shiq matni, lyrics

Shaxriyor

Ayt qachon?

Seni sevdim jonim, sevdim betakror,
Sen qalbim ardog`i, gul yuzli nigor.
O`tdi yozu-qishlar, o`tmoqda bahor,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor?

O`tdi yozu-qishlar, o`tmoqda bahor,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor?

Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor,
Ishonasan yor menga? (x2)

Ishonasan sevgi dostonlariga,
Bahorning qizg`aldoq, alvonlariga,
Hatto munajjimning yolg`onlariga,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor?

Senga ko`kdan oyni uzmagan edim,
Yulduzlardan marjon tikmagan edim,
Hech kimni senchalik sevmagan edim,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor?

Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor,
Ishonasan yor menga? (x2)

Sensiz kunduzlarim kunga o`xshamas,
Uyqusiz kechalar tunga o`xshamas,
Hech qaysi yaxshilar senga o`xshamas,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor?

Dunyo yaxshilari senga o`xshamas,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor?

Ayt, qachon sevgimga ishonasan, yor,
Ishonasan yor menga? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art) va Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayt qachon?
Xonanda:
Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2018