Gap to`g`rimas,
Sanga o`zi kim yomonlik qiladi
Agar to`g`ri yursang?
Kuydurma-da hammani, o`g`ri bo`lib,
O`zingga insof so`ra!
Mayli, mani do`st dema,
Lekin o`zing uchun bil, tur, harakat qil.
Hov bola, ko`chada hamma hurmat qiladi,
Bu yo`ldan qayt, halol bo`l.
O`g`ri dema, men yomonlik qilmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazolashga kirmadim.
O`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik hech kimga men qilmadim.
Ko`ksingni xiyonat sanchib ketmasin,
Do`stlaring it kabi g`ajib ketmasin.
Boshing g`avg`olardan achib ketmasin,
Yigitga ne kerak yana, gapir?
Sevganing boshqaga ko`zin suzmasa,
Ortingdan makkora reja tuzmasa,
Kimdir hayotingni kelib buzmasa,
Yana nima kerak sanga, gapir?
O`g`ri dema, men yomonlik qilmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazolashga kirmadim.
O`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik hech kimga men qilmadim.
Jigarlaring aslida bilgin kim taraf,
Erkakni sindirar mayda-chuyda gap.
Yaqinlaring ochganida oqibatdan gap,
Yigitga ne kerak o`zi, gapir?
O`g`ri dema, men yomonlik qilmadim,
Nafsi buzuq insonlarni jazolashga kirmadim.
O`g`ri dema, men yaxshilik ko`rmadim,
Azob chekdim, lek nomardlik hech kimga men qilmadim.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 2, 2017