Sherali Jo'rayev - Men borman

Sherali Jo'rayev

Men borman

Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman, {x2}
Yozurman, deb xitob etding, xitobing ichra men borman.

Yarashgandir, senga dilbar, ajab nozu tamannolar,
Keturman, deb shitob etding, shitobing ichra men borman.

Umid uzgil, deding oshiq, muhabbat rishtasin uzgum,
Uzurman, deb azob etding, azobing ichra men borman.

Yuzing hajri bilan oqqan labolab chashm selobin –
Ichurman, deb sharob etding, sharobing ichra men borman.

Qayon qoldi o`shal so`zkim muhabbat ko`shkini, ey yor,
Tuzurman, deb sarob etding, sarobing ichra men borman.

Dilimda qolgan ushbu har na manzil kulbai ishqni –
Buzurman, deb xarob etding, xarobing ichra men borman.

Muhabbat gulshani ichra olib Abdullaning qalbin,
Chalurman, deb rubob etding, rubobing ichra men borman. (x2)

Rubobing ichra men borman…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Men borman
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 20, 2016