Izzat-hurmat hech kutmagil, ko`rib-ko`rilmagan yerda,
Oqil bo`lsang so`z aytmagil, navbat berilmagan yerda.
Aqli butunlar unutmas, quruq yog`ochga barg bitmas,
Aqlli er maskan tutmas, hulqi sevilmagan yerda.
Nomard qo`sh ustida charchar, to`ymas osh ustida surlar,
Urush qilib qilich sirpar, dushman ko`rinmagan yerda.
Farosat qil, ko`rib aqlla, mard yigitning so`zin haqla,
Maxtumquli, tiling saqla, so`roq so`ralmagan yerda.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 4, 2016