Sherali Jo'rayev - Zamon-zamon qo'shiq matni, lyrics

Sherali Jo'rayev

Zamon-zamon

Yillar o`tar, yillar kelar yillar ortidan,
Turnalar ham uchib kelar tog`lar ortidan.
Vatanimning o`g`il-qizi, eng ulug`lari,
Sizni qutlay ushbu kunda yilning oldidan.

Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki,
Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki. (x3)

Yer-u ko`kni titratuvchi vulqonlarimiz,
Tinchlik uchun hur vatanning qalqonlarimiz.
Biz yoshlarmiz – otalarning belida quvvat,
Onalarning ko`z qorasi ham jonlarimiz.

Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki,
Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki. (x2)

“Tinchlik” degan shior bizga shior hamisha,
Shiorimiz tarqalmoqda qit’alar osha. (x2)
Biz yoshlarmiz, ishchi dehqon hamda talaba,
Tinchlik albat yer yuzida qilar g`alaba.

Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki,
Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Umedjon Xayrulloev (@Umedjon_Music)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zamon-zamon
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 14, 2019