Default thumbnail

Sherzod Ergashev

Ramazon muborak

Allohning rahmati yogʻilsin shu oy,
Keling doʻstlar, savobga boʻlaylik boy.
Qalbimizdan shaytonlar olmasin joy,
Oylarning sultoni – Ramazon keldi.

Inshaalloh boshlab hatm Qurʼonni,
Huzur-halovatga toʻldirib jonni,
Zanjirbandlar qilib bugun shaytonni,
Oylarning sultoni – Ramazon keldi.

Ramazon, Ramazon,
Oylarning sultoni Ramazon.
Ramazon, Ramazon,
Muborak boʻlsin Ramazon! (x2)

Barokat yogʻilib osmon tubidan,
Roʻzaning taratgan ajib siridan,
Liboslar tikdirib iymon nuridan,
Oylarning sultoni – Ramazon keldi.

Salovat aytaylik Rasulimizga, (Sollalloh)
Salomlar aytaylik Rasulimizga. (Sollalloh)
Barokat yogʻdirib umrimizga,
Oylarning sultoni – Ramazon keldi.

Ramazon, Ramazon,
Oylarning sultoni Ramazon.
Ramazon, Ramazon,
Muborak boʻlsin Ramazon! (x2)

Gʻaflatda qolmaylik, aziz birodar,
Bu oyning har kuni tillo-yu zargar.
Ruhlar pok boʻlar bilsangiz agar,
Allohning rahmati – Ramazon keldi.

Ramazon, Ramazon,
Oylarning sultoni Ramazon.
Ramazon, Ramazon,
Muborak boʻlsin Ramazon! (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ramazon muborak
Xonanda:
Sherzod Ergashev
Muallif:
Farhod Shodiyev
Bastakor:
Sherzod Ergashev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
May 30, 2021