Shod guruhi - Yig'lamagin qo'shiq matni, lyrics

Shod guruhi

Yig’lamagin

Yodingdami, esingdami, eslagin-chi so`zlaring?
Umrbod, aslo biz ayrilmaymiz, deganing.
Taqdirdan o`zimga seni so`ragandim,
Yig`lamagin.

Nahotki, ortga qaytmas u baxtli kunlar?
Hijron azobida bag`rimni kim ezar?
O, kim ezar?

Unutolmasam, sen ham kechirgin mening aybimni,
Kechir jonim, xafa bo`lma, men o`zgaman endi.
Unutolmasam, sen ham kechir aybimni,
Kechir jonim, xafa bo`lma, men o`zgaman endi.

Ko`zim ocha sog`inaman, o`ylasam kuyinaman,
Haddimdan oshaman, har sari izlanaman.
Ko`nglingni topaman, deb urinaman ko`p,
Yig`lamagin. (yig`lamagin)

Faqat sen beparvo, baho bermaysan hech,
Sindirma qalbimni, bo`lib bo`lmasin kech.
O, bo`lmasin kech!

Unutolmasam, sen ham kechirgin mening aybimni,
Kechir jonim, xafa bo`lma, men o`zgaman endi.
Unutolmasam, sen ham kechir aybimni,
Kechir jonim, xafa bo`lma, men o`zgaman endi. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lamagin
Xonanda:
Shod guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2018

O'xshash qo'shiqlar matnlari