Shohjahon Jo'rayev - Bitta bo'lsin qo'shiq matni, lyrics

Shohjahon Jo'raev

Bitta bo’lsin

Yoring go`zal, hur bo`lsin,
Yuzlarida nur bo`lsin.
Mingta dilbar kerakmas,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin. (x2)
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin!

So`zi ko`zidan go`zal,
Ko`zi yuzidan go`zal,
Nozi o`zidan go`zal,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin! (x2)

Bo`lmasin xiyonatkor,
Jabri yomon, jafokor.
Undan ko`ra vafodor
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin. (x2)

So`zi ko`zidan go`zal,
Ko`zi yuzidan go`zal,
Nozi o`zidan go`zal,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin! (x2)

Qolmagin diling g`ashlab,
Yurmasin ko`ngil xushlab.
Baxt saroyiga boshlab,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin.

Qiynalib sog`inishga,
Butun umr sevishga,
Arzisin jon berishga,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin.

Arzisin jon berishga,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin!

So`zi ko`zidan go`zal,
Ko`zi yuzidan go`zal,
Nozi o`zidan go`zal,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin!

Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin,
Bitta bo`lsin – zo`r bo`lsin!

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bitta bo’lsin
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 15, 2018