Shohjahon Jo'rayev - Ramazon, xush kelding qo'shiq matni, lyrics

Shohjahon Jo'raev

Ramazon, xush kelding

(Ramazon aytib keldik eshingingizga,
Xudoyim o`g`il bersin beshingingizga. (x2)
Ro`zani uch kun tutib keldik sizga,
Ro`zani zakotini bering bizga.
Ramazon, Ramazon,
Ramazon xush kelding, xushvaqt Ramazon!)

Ramazon xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2}
Marhabo, xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2}

Bir tuningda olmish Furqon osmonim, (Oh Ramazon!)
Shu kechangda tushmish yerga Qur’onim. (Oh Ramazon!)
Jabroyil-u qancha malak mehmonim,
Maqbuldir duoyim, qolmas armonim.

Jo`sh urar Rahmonning rahmati senda, (Oh Ramazon!)
Mavj urar mag`firat daryosi senda. (Oh Ramazon!)
Yuvilib ummatning isyoni senda,
Riyodan qutulish imkoni senda.

Ramazon xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2}
Marhabo, xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2}

Sen bilan sof erur jism-u jonimiz,
Sen bilan soflanar tanda qonimiz.
Sen bilan poklanar bu vijdonimiz,
Sen bilan nurlanar ham iymonimiz.

Bitmagay bir umr vasling aylasam, (Oh Ramazon!)
Siyrating yozmoqqa ojizdir qalam, (Oh Ramazon!)
Shavkating oldida qilib qaddim xam,
Loyiqdir ta’zimla tun-u kun desam.

Ramazon xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2}
Marhabo, xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2}

(Ramazon xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2})

Har kecham fayz-ziyo, nurli har safar, (Ramazon!)
Sen sabab ko`nglim-u sozimda sabar. (Ramazon!)
Ham nafsim ustidan qucharman zafar,
Makkadan to maning yurtimga qadar.

Seni kutar har yil intizor elim, (Ramazon!)
Aylar visolingdan iftixor elim. (Ramazon!)
Islom ziyosidan baxtiyor elim,
Seni sevar sendan minnatdor elim.

Ramazon xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2}
Marhabo, xush kelding, xushvaqt Ramazon! {x2}

Shu elning o`g`lidur al-Buxoriylar,
Moturidiy, Iso at-Termiziylar.
Naqshband-u Kubro ham Yassaviylar,
Zamaxshariy Umar an-Nasafiylar.

Valiylarga alla aytgan oshiyonga, (Ya Ramazon!)
Ulkan bir masjiddek turgan bo`stonga, (Ya Ramazon!)
Olloh yorlaqagan ul gulistonga,
Zamin bag`ridagi Jannat makonga.

Ramazon xush kelding, xushvaqt Ramazon!
Ramazon xush kelding, xush vaqt Ramazon!
Marhabo xush kelding xushvaqt Ramazon!
Marhabo xush kelding xushvaqt Ramazon! (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ramazon, xush kelding
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
April 15, 2021