Shohruhxon - Achinmayman qo'shiq matni, lyrics

Shohruhxon

Achinmayman

Yonimda borliging,
Ko’nglimda yorliging,
Baxtim boylik emas –
Sen menga zorliging.
Sen mening hayotim,
Shodligim, azobim
Va har bir nafasim to abad.

Dunyoni durisan,
Ko’zlarim nurisan,
Sevgida darbadar
Qalbim huzurisan.
Bu moviy ko’zlaring
Va oddiy so’zlaring
Men uchun baxt.

Achinmagayman, achinmagayman
Sen bilan o’tgan hech bir kunimdan.
Qaniydi shunday, xuddi bu kunday
O’tsaydi, jonim, butun umrim ham.

Har kuni, har qadam
Har soniya, har dam
Yonimda sen bo`lsang,
Yashayman hotirjam.
O`rtamizda faqat
Yashasin to abad
Ikkimizning sevgi-muhabbat.

Dunyoni durisan,
Ko’zlarim nurisan,
Aynan men izlagan
Umrim mazmunisan.
Bu moviy ko’zlaring
Va oddiy so’zlaring
Men uchun baxt.

Achinmagayman, achinmagayman
Sen bilan o’tgan hech bir kunimdan.
Qaniydi shunday, xuddi bu kunday
O’tsaydi, jonim, butun umrim ham. (x1+x1)

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (Bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Achinmayman
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2023