Yulduzim, kechir meni, yulduzim,
Ko`zlaring kulsa ham, baxting kulmadi.
O`zimga mahliyo bo`ldim men o`zim,
Ko`nglingni olishga vaqtim bo`lmadi. (x2)
Seni sevaman, deb men aldamadim,
Jonim, aldamadim, jonim, aldamadim.
Yonimga qayt, aldamadim, yorim aldamadim,
Hey aldamadim, seni sevaman!
O`zimdan ehtimol seni asradim,
Bildimki, men bilan baxting kulmagay.
Yig`lasang, dilimga sig`mas hasratim,
Senga muhtojligimni aytolmadim.
Yulduzim, kechir meni, yulduzim,
Ko`zlaring kulsa ham, baxting kulmadi.
O`zimga mahliyo bo`ldim men o`zim,
Ko`nglingni olishga vaqtim bo`lmadi.
Seni sevaman, deb men aldamadim,
Jonim, aldamadim, jonim, aldamadim.
Yonimga qayt, aldamadim, yorim aldamadim,
Hey aldamadim, seni sevaman! (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 8, 2016