Shohruhxon - Dema-dema (2018) qo'shiq matni, lyrics

Shohruhxon

Dema-dema (2018)

Tasodif emas seni sevganim,
Bexosdan emas seni sog`inganim.
Ishongim kelmas, nahot bu sevgim meni
Qamrab olgani. (o-o-o)

Sendan o`zgani yurak tan olmaydi,
Xayol aylanib, aslo sirim bilmaydi.
Mehring ayama, e’tiboringni ayama,
Jondan sevganim.

Sevmayman dema-dema,
Yoningda bo`lmayman dema-dema.
Axir bilamanku sevasan,
Sog`inganingni yashirma. (x2)

Maftun ayladi go`zal ko`zlaring,
Meni sehrladi sirli nigohlaring.
Tinim bilmadim, o`ylayverib bir seni,
Bergin qo`llaring. (o-o-o)

Sendan o`zgani yurak tan olmaydi,
Xayol aylanib, aslo sirim bilmaydi.
Mehring ayama, e’tiboringni ayama,
Jondan sevganim.

Sevmayman dema-dema,
Yoningda bo`lmayman dema-dema.
Axir bilamanku sevasan,
Sog`inganingni yashirma. (x2+x2)

Sevmayman dema-dema…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dema-dema (2018)
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 19, 2018