Shohruhxon - Oddiy bola qo'shiq matni, lyrics

Shohruhxon

Oddiy bola

Yurakda alanga yoqsa,
Gulda kapalak chiqsa,
Yuzingga shamol tegsa,
Meni esla.

Dilga oq bulut qo`nsa,
Bahor yomg`iri yog`sa,
Ko`kda kamalak chiqsa,
Meni esla.

Meni bir eslagin, esla birgina,
Yuragim og`ritgan erka qizgina.
Seni sevdim, degan men o`sha bola,
Oddiy bola.

Meni bir eslagin, esla birgina,
Osmonlarda uchgan erka qizgina.
Seni sevdim, degan men o`sha bola,
Oddiy bola.

Qaldirg`och qanot yoysa,
Seni sayrab uyg`otsa,
Tongda yig`laging kelsa,
Mayli, yig`la.

Baxtliman, baxting kulsa,
Ahdliman, ahding bo`lsa,
Agar o`ylaging kelsa,
Mayli, o`yla.

Meni bir eslagin, esla birgina,
Yuragim og`ritgan erka qizgina.
Seni sevdim, degan men o`sha bola,
Oddiy bola.

Meni bir eslagin, esla birgina,
Osmonlarda uchgan erka qizgina.
Seni sevdim, degan men o`sha bola,
Oddiy bola.

Meni bir eslagin, esla birgina,
Osmonlarda uchgan erka qizgina.
Seni yerda sevgan men o`sha bola,
Oddiy bola.

Meni bir eslagin, esla birgina,
Yuragim og`ritgan erka qizgina.
Seni sevdim, degan men o`sha bola,
Oddiy bola.

Meni bir eslagin, esla birgina,
Osmonlarda uchgan erka qizgina.
Seni sevdim, degan men o`sha bola,
Oddiy bola.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oddiy bola
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Alisher Tayr
Bastakor:
Jasur Badalbaev
Klipmeyker:
Dilmurod Agzamov
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 24, 2021