Shohruhxon - Sevgilim qo'shiq matni, lyrics

Shohruhxon

Sevgilim

Sevgilim, dilsizlar dillarimizni
Toshbo`ron qilsalar, vayron qilsalar,
Tikanlar qoplasa yo`llarimizni,
Sen achchiq yig`lasang, ular kulsalar…

Sevgilim, sevgini sevmagan bilmas ekanda,
Yo`llarida gullar emas, tikanda.
Oshiq qalbin sevmaganlar bilganda,
Armon bo`lmasdi, sarson bo`lmasdi.

Sevgini sevmagan bilmas ekanda,
Yo`llarida gullar emas, tikanda.
Oshiq qalbin sevmaganlar bilganda,
Armon bo`lmasdi, sarson bo`lmasdi.

Sevgilim, ko`zlaring ma’yus, ranjidi bekor,
Dilsizlar sevgimizni qildilar-ku xor.
Ko`zlaring kulardi, bor edi quvonch,
Lekin ko`zlaringda qolmadi ishonch.

Sevgilim, sevgini sevmagan bilmas ekanda,
Yo`llarida gullar emas, tikanda.
Oshiq qalbin sevmaganlar bilganda,
Armon bo`lmasdi, sarson bo`lmasdi.

Sevgini sevmagan bilmas ekanda,
Yo`llarida gullar emas, tikanda.
Oshiq qalbin sevmaganlar bilganda,
Armon bo`lmasdi, sarson bo`lmasdi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgilim
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2018