Dilimni ezadi gʻamlar, yondirib alamlar,
Sogʻindim goʻzalim seni, sogʻinmasang ham.
Koʻnglim uzolmam aslo, vasling izlayman,
Azob yutarman, ishqim tutarman,
Yoʻling kutarman sogʻinmasang ham.

Telbadek daydib, sevishim aytib,
Kelaman qaytib, sogʻinmasang ham.
Yigʻlaydi yurak, koʻrishim kerak,
Bergin bir darak sogʻinmasang ham. (x2)

Kel yor-u jonim, jonim, jonim,
Koʻngli bahorim, yorim, bahorim.
Sogʻinib yashaylik bir-birimizni,
Visol degani armon boʻlsa ham.

Yurakda jarohat bitmay ketib,
Seni sogʻindim har nedan kechib.
Yurak tuygʻusi koʻtarib toʻzon,
Seni sogʻindim, sogʻindim yomon.

Telbadek daydib, sevishim aytib,
Kelaman qaytib, sogʻinmasang ham.
Yigʻlaydi yurak, koʻrishim kerak,
Bergin bir darak sogʻinmasang ham. (x3)

Telbadek daydib…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Telba
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Shaxboz Nosirjonov
Bastakor:
Jasur Badalboyev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bayko
Sana:
February 10, 2022