Shohrux (Ummon) - Meni baxtim qo'shiq matni, lyrics

Shohrux (Ummon)

Meni baxtim

Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so`z topilmasa,
Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa.
Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo`lib qolasan,
Nahotki, yarim bo`lagim, ko`nglim yarmim bo`lib olasan.

Uch kundan beri uyqu yo`q, almashtiradi oy quyoshni,
Lekin manga farqi yo`q.
Halovat yo`qolgan, topilmaydi o`zimni qo`ygani joy,
Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so`rar najot.

O`sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo,
Qiziqtirmas olam, “tv”dagi navo.
Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol:
Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol?

O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor,
Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor.
O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga,
Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga.

Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama.
Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.

Endi mani ko`zlarim bilan olamga qara,
Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz.
Oddiy ko`chalardan topib go`zal manzara,
Hayotga sevgan ko`zlar bilan qara.

Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning,
Baxt sababchi bo`lsin ko`zing yoshlagan kuning.
Endi mani qo`ng`iroqlarim buzmaydi tuning,
Endi yuzingdagi tabassum bo`lmaydi sun’iy.

Endi hayotimning nuri bilan yorit yo`ling,
Qiyin bo`lganda orzularimiz tutsin qo`ling.
Endi mani fe’lim bilan tashvishga beparvo
Bo`lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz.

Endi bo`lsin o`sha shirin tushlaring bari rost,
Bo`l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq.
Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam,
Man esa pastga, qanotlarim qoldi sanda.

O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor,
Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor.
O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga,
Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga.

Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama.
Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma,
Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni baxtim
Xonanda:
Shohrux (Ummon)
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 9, 2019