Muhammadsiz ko`ngillar xira,
Yo`l bermasa, topolmam chora.
Yozul Jalol, tavbamga qara,
Ramazonga yetganim haqqi.

Volidamning aybini o`chir,
Padarimning gunohin kechir.
O`zing rahmat sharobin ichir,
Ramazonga yetganim haqqi.

Ramazon keldi, Ramazon keldi, Ramazon,
Ko`ngillarga to`ldirib iymon.
Ramazon keldi, Ramazon keldi, Ramazon,
Ko`ngillarga to`ldirib iymon.

Nomahramdan bo`lgin ko`zimni,
Yolg`onlardan asra so`zimni.
Hisob qilay toki o`zimni,
Ramazonga yetganim haqqi.

Oson qilgin sabr kechasin,
Armon qilma Qadr kechasin.
Borsam nur qil qabr kechasin,
Ramazonga yetganim haqqi.

Ramazon keldi, Ramazon keldi, Ramazon,
Ko`ngillarga to`ldirib iymon.
Ramazon keldi, Ramazon keldi, Ramazon,
Ko`ngillarga to`ldirib iymon.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ramazon
Xonanda:
Jamshid Isakhadjaev, Shohrux (Ummon)
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 16, 2021