Shohrux (Ummon) - Rasululloh sizni ko'rgim kelyapti qo'shiq matni, lyrics

Shohrux (Ummon)

Rasululloh sizni ko`rgim kelyapti

Yurak-yuragimdan sog`indim sizni,
Rasululloh, sizni quchgim kelyapti.
Siz ham sog`indingizmi aytingchi bizni?
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Hayot yo`llaringiz barchaga ibrat,
Har bir so`zingizda bordir nasihat.
Sizni sog`inganim ayni haqiqat,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Umardek adolat qilolmasam ham,
Alidek ilmni tutolmasam ham,
Mus’hafdek Qur’onni o`qolmasam ham,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti. (x2)

Do`stlarim ham bugun xiyonat qilar,
Dunyo tashvishlari ustimga qular,
Dushmanim tinmayin ustimdan kular,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Muhabbat alanga ortar kun sayin,
Ko`rmasdan yashash naqadar qiyin.
Sizni chindan sevgan ko`rarmi tayin?
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Umardek adolat qilolmasam ham,
Alidek ilmni tutolmasam ham,
Mus’hafdek Qur’onni o`qolmasam ham,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti. (x2)

Bu dunyo o`tkinchi, tugar bir kuni,
Olis samolarga uchgim kelyapti.
Yurak-yuragimdan sog`indim sizni,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Gunohdan qaytolmay xor-u sarsonman,
Ba’zida mo`min-u goho yomonman.
Sizsiz ne qilarim bilmay hayronman,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rasululloh sizni ko`rgim kelyapti
Xonanda:
Shohrux (Ummon)
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 2, 2021