Bugun yurak og`ridi,
Bugun yomg`irlar yog`di,
Kecha ayrilganmiz biz,
Bugun yolg`iz qolganmiz.
Bugun unutasan mani,
Erta topasan o`zgani,
Bugun sog`inaman sani,
Erta unutaman baribir.
Boraver, ketgan yo`lingda davom etaver,
Boraver, holimni o`ylama.
Boraver, ketgan yo`lingda davom etaver,
Boraver, o`zga yorga yetaver.
Aytdim: qo`ygin ketma, deb,
Aytdim: ketsang, qaytma, deb.
Aytdim: axir qaytding ortingga,
Ketgan eding yonimda qolgin deganda.
Sevardimku go`zalim yurakdan,
Sevardimku qizg`onib o`zimdan,
Axir ketdingku o`zgani tanlab,
Nega qaytding endi hijronim bo`ylab?
Boraver, ketgan yo`lingda davom etaver,
Boraver, holimni o`ylama.
Boraver, ketgan yo`lingda davom etaver,
Boraver, o`zga yorga yetaver.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 31, 2016