Onam aytdi, ko`rib turib dardlarim,
Onam aytdi, kuyma deya ko`rib azoblarim.
Do`st degani shuncha bo`lsa,
Og`ir kuningda kelmasa,
Onam aytdi: man borman, qaro ko`zlarim. (x2)
Aytganim aytgan, juda sho`x yigit edim,
Do`stlarim yonimda, o`zimcha shodon edim.
Bir savdo tushdi, og`ir kun mani boshimga,
Bir o`zim qolib ketdim, faqat tanam yonimda.
Aytayin desam, do`stlarim ranjitib qo`ymay,
O`zim uchun bilib yurib, endi xatolar qilmay.
Xatolarim – do`stlarimga ishonganim, hey.
Onam aytdi, ko`rib turib dardlarim,
Onam aytdi, kuyma deya ko`rib azoblarim.
Do`st degani shuncha bo`lsa,
Og`ir kuningda kelmasa,
Onam aytdi: man borman, qaro ko`zlarim. (x2)
Davru davron kelsa, hali yana kelasizlar,
Bahonalar qilib manga, sani izladik deysizlar.
Ne bo`ldi zamonlarga, do`stni qadri qolmadi?
Yoki zamon joyidami, odamlarga ne bo`ldi?
Pisand etmay qo`ng`iroqlarimni hech biringiz,
Qiynalib yurganimda, ayting, qayda edingiz?
Endi mani yo`lim boshqa, boshqa sizning yo`lingiz,
Oh, onam aytganda quloq solmadim, esiz.
Onam aytdi, ko`rib turib dardlarim,
Onam aytdi, kuyma deya ko`rib azoblarim.
Do`st degani shuncha bo`lsa,
Og`ir kuningda kelmasa,
Onam aytdi: man borman, qaro ko`zlarim. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 25, 2016