Jonimga tegib ketdi ikkimizning oramizdagi
Munosabatni berkitish, bu menga og`ir.
Hurmat qilma meni, lekin jonim hurmati bordir
G`ururimni, yig`lama bo`ldi, endi gapir.

Kamsitar eding meni kamchiligimga
Hatto begonalarning oldida.
Bilsang agar, kamchiligim seni uchratib,
Sevib, ko`ngil qo`yganim edi aslida.

Qancha xiyonat qilding, oyoq qo`yib yuzimga,
Men esa berkitaverardim do`stlarimdan.
Oxir-oqibat haqiqatdan yuz burdim,
Sen arazingni deb, men ahmoq, yolg`onga.

Qiynalib tunlari o`ylardim,
Ne rejalar bor yana deya sen bevafoni aqlida.
Shu payt kimlar bilan nelarni so`zlasharding,
Javob bermay qo`ng`iroqlarimga?

Yomg`ir yog`adi tinmay, dardlarim bilmay,
Yomg`ir, yomg`ir, yomg`ir.
Yana yomg`ir yog`adi tinmay, dardlarim bilmay,
Yomg`ir, eslatib seni, yog`adi tinmay.

Yomg`ir yog`adi tinmay, dardlarim bilmay,
Yomg`ir, yomg`ir, yomg`ir.
Yana yomg`ir yog`adi tinmay, dardlarim bilmay,
Yomg`ir yog`adi seni eslatib, tinmay.

Mana endi hammasi yaxshi mening hayotimda,
Sen esa yolg`iz qolding, bu menga og`ir.
Vafoli yor yonimda, ko`nglim senda bo`lsa ham,
Afsus hamon yuragimni tirnaydi yomg`ir.

Chunki seni uchratgan o`sha qora kunda
Yog`ib yomg`ir, seni sevib qolishimga
Sabab bo`ldi nelardir,
Ha o`sha yomg`ir, o`sha yomg`ir.

Tinch qo`ygin endi meni,
Sen bilan yetolmagan baxtimga yetishimda.
Hammasi men uchun qolib ketdi
O`sha qora baxtsiz, azobi uzun o`tmishimda.

Yana dardlarimni aytaman
Meni aldagan bu maftunkor yomg`irlarga.
Baxtimga to`g`anoq bo`lma,
Bezovta qilib meni, vafoli yorim oldida.

Yomg`ir yog`adi tinmay, dardlarim bilmay,
Yomg`ir, yomg`ir, yomg`ir.
Yana yomg`ir yog`adi tinmay, dardlarim bilmay,
Yomg`ir, eslatib seni, yog`adi tinmay.

Yomg`ir yog`adi tinmay, dardlarim bilmay,
Yomg`ir, yomg`ir, yomg`ir.
Yana yomg`ir yog`adi tinmay, dardlarim bilmay,
Yomg`ir yog`adi seni eslatib, tinmay.

Ayt, nelar istaysan yana mendan? {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yomg’ir
Xonanda:
Shohruz (Abadiya)
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2016