Sanamlar shohidan bitildi bu so`z,
Yuragim ohidan bitildi bu so`z,
Muhabbat dog`idan bitildi bu so`z,
Ko`nglim qanotini qayirma hayot,
Meni navolardan ayirma hayot. (x2)
Dil vafo ko`rsatib, jafolar topgan,
Kim bo`lgay mehringdan xatolar topgan,
Dilxun tunlarimda dilim yupatgan,
Ko`nglim qanotini qayirma hayot,
Meni navolardan ayirma hayot. (x2)
Qachon to`lar ekan bir kaming dunyo?
Faqat bo`lar ekan aytganing dunyo.
Ayrilsam, jonimdan ayrilay, ammo
Ko`nglim qanotini qayirma hayot,
Meni navolardan ayirma hayot. (x2)
So`rasam bir inson baxtin so`radim,
Men qachon Iskandar taxtin so`radim?
Kuygan qalbning so`nggi ahdin so`radim,
Ko`nglim qanotini qayirma hayot,
Meni navolardan ayirma hayot. (x2)
Armonlar soldimi kishan yuragim?
Tuhmatlar toshiga nishon yuragim.
Biz baxtli bo`lamiz, ishon yuragim,
Ko`nglim qanotini qayirma hayot,
Meni navolardan ayirma hayot.
Ko`nglim qanotini qayirma hayot,
Meni navolardan ayirma hayot. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 9, 2016