Asta-sekin
Yurak urar, vafodorim, seni deya,
Shirin tuyg’ularim seni eslatar.
Asta-sekin
Yurak urar, vafodorim, seni deya,
Sening qalbingdan tinchlik izlab.

Bu chala uyqularim, barin sog’indim,
U ko’chalar ham bizni sog’indi.
Unutganim sari – sog’indim,
Yurak yondi.

Bu chala uyqularim, barin sog’indim,
Bu ko’chalar ham bizni sog’indi.
Unutganim sari – sog’indim…

Bu shahar eslatadi seni qanchalar,
Mening baxtim bitta butunmas – chala.
Yog’adi yomg’ir, go’zal bu shahar,
Yuragimni isming borar parchalab.

To’ydim men demadim mayli deb baridan,
Ko’zlaring hayotimga iforin taratar.
Bu dardga dalda bo’laman – o’tar-o’tar,
O’zing tariximiz bir boshidan ko’tar.

Birgamiz deyman, ammo
O’tadi kun, o’tadi tun,
Orzu-havas va o’zgasining qalbidasan.
Bu qalbim taslim, gapirishga yo’l qo’ymas,
Bu ko’zlaringga qarab,
Ko’zlarim to’ymas, inkor qilmasdim.

Bilolmadim aslo men yetmagan nima,
Gapirganing vaqt bu taqdir indamas.
Bularning bari sen bilan olgani nafas,
Birga nafas…

Asta-sekin
Yurak urar, vafodorim, seni deya,
Shirin tuyg’ularim seni eslatar.
Asta-sekin
Yurak urar, vafodorim, seni deya,
Sening qalbingdan tinchlik izlab.

Uzoqlashma, qo’llaringni ber,
Kel bo’lishamiz barin tengma-teng.
Xuddi kinodek baland bu binolar
Bu yerda vaqtni keragidan ko’p olar.

Endi kun o’tar oldingidek, doimgidek,
Shaharlar ustida parvoz bulutga teng.
Biz bu muhabbatni endi tanidik,
Keldi o’sha kun sabrsiz kutgandek.

Asta-sekin
Yurak urar, vafodorim, seni deya,
Shirin tuyg’ularim seni eslatar.
Asta-sekin
Yurak urar, vafodorim, seni deya,
Sening qalbingdan tinchlik izlab.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Asta-sekin
Xonanda:
Sevara Nazarkhan, Shoxrux
Muallif:
Feruz Abdullayev
Bastakor:
Feruz Abdullayev
Klipmeyker:
Ixtiyor To'laganov
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 12, 2023