(Assalomu alaykum, man hozir bandman,
Nima gapiz bo’lsa, signaldan keyin qoldiring)
Allo, qalaysan, yaxshimisan?
Sanga rosa telefon qildim, bir-ikkita gaplar bor edi, sanga aytadigan.
Lekin topolmadim sani.
Esingdami? Sani birinchi marta ko’rganimda
Har hil narsalarni soraganday bo’lib,
Sanga tikilib, qarab turaverardim.
O’shanda, “ey Xudo, shu qiz ketib qolmasin” deb, so’raganman Xudodan.
Ismingni bilgim kelgan, san bilan gaplashgim kelgan o’shanda rosa.
Telefonda gaplashganingda ko’zlaring bilan manga, osmonga,
O’tgan-ketgan odamlarga qararding.
Sani ko’zlaring dunyodagi eng chiroyli ko’zlar.
Qo’llaring nozikkina, har bir harakating o’zingga yarashib turadi.
Man haqimda so’raganingda hursand bo’lib ketganman,
Ichimda ozgina sandan umid borligidan.
Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmayman.
(Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmayman)
Sani o’ylab tong otadi, kun botadi,
Man san uchun borimni beraman.
Man san bilan har qancha yo’qchilikka chidolayman,
Lekin sani bunga tortishim, san uchun javob berishim noto’g’ri.
(Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmayman)
Man uchun kurashmadi, mani boshqalarga berib qo’yvotti deb
O’ylab mandan nafratlanma, iltimos.
Man sani o’ylavoman faqat. Chunki san dunyoda eng baxtli inson bo’lishing kerak.
Sani xafa qilgan bo’lsam mani kechir, mani rostakam yaxshi ko’rsang manga yordam ber.
Baxtli yasha, o’shanda man sani ko’rib, yashashga intilaman.
To’yim bo’votti, Shox, deganingda hotirjamligingni ko’rib hursand bo’ldim,
Chunki tushundim, ota-onangga yo’q desang, sani yomon qiynashardi.
Buni mandan yaxshi bilasan, hamma ota-onaga farzandining baxti kerak,
Ular sani o’ylab baquvvatroq joyga berishvotti.
Ular uchun sevgi o’z yo’liga, hayot bo’lsa o’zing bilasan qanaqaligini,
San hech narsaga muhtoj bo’lmasdan yashashing kerak.
Man oyoqqa turgunumcha hali bor…
Man sani hech qachon unutmayman,
Yuragimda, ko’z oldimda bo’lasan har doim.
San shuni bilib qo’y…
Man sani hech qachon unutmayman,
Man sani bir umrga sevaman…