Shoxrux va Toir - Bir-ikki soat qo'shiq matni, lyrics

Shoxrux

Bir-ikki soat

[Toir]
Bir-ikki soat ber, yo`q dema, yoningda bo`lay,
Hidlaringga to`yib olay, ko`ramanmi, yo`qmi qaytib.
Bir-ikki soat ber, so`nggi bora bag`ringga bos,
Gaplarim ko`p, vaqt esa oz, ulgurganim beray aytib.

[Shoxrux]
Qani hoy, boshing ko`tar, ko`zlarimga qara,
Bugun xo`rlangan yuragim sevgi deb bo`ldi yara.
Kechalar oyna qarab, to`ymagan go`zalimla, ming afsus,
Ammo bu rost, endi ochilmoqda ora.

Qo`lim qo`yvor, men ketdim, xayr, alvido demay tur,
Kel, kichkina bir muddat arsloning ila suhbat qur.
A nima, arslonga aylanar edim senla onimda,
Senga gap otganni, yoddami, qulatganim urib?

Ne qilay, qanday yulay dildan bularni, yorim?
Hatto taksistlardan qizg`onar edim, ha borim.
Mobil telefoningni har kuni ko`rar edim,
Seni qandaydir o`zgarib qolganing, jonim, ko`rib.

Beg`ubor, bir sodda eding, aldashni ham bilmasding,
Aslo ruhsatimsiz, suluv, hech qanday ish qilmasding.
Kiyim tanlab yurganim esimda, bozorlar aylanib,
Tanib qolar deb, zor berkinganing unutilmasdi.

Xullas, o`ylarim tugamas o`ylaganim sari,
Nari ketamiz endi, chetda tursin buning bari.
Qarilik chog`ingni men bilan surmaysanmi, ayt?
Bosib o`tilmaydimi o`sha ko`zlangan bizning marra?

Nima, nikoh uyiga sensiz qadam bosamanmi?
O`zga zebo qo`liga tillo uzuk taqamanmi?
Bilib qo`ygin, bir umr bir seni sevib yashayman,
Bir umrga sensiz olamda yolg`iz qolsam ham man.

[Toir]
Bir-ikki soat ber, yo`q dema, yoningda bo`lay,
Hidlaringga to`yib olay, ko`ramanmi, yo`qmi qaytib.
Bir-ikki soat ber, so`nggi bora bag`ringga bos,
Gaplarim ko`p, vaqt esa oz, ulgurganim beray aytib. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir-ikki soat
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2018