Tomonima esadi yellar, kimyoviy yomg’irlar,
Bo’lmagan gaplardan paydo bo’lgan hulosalar.
Ulardan natijada so’raladigan bema’ni savollar,
O’tadi qora ko’zlar, huddi bir o’zlarining nazarida
Betakror va go’zallikda tengi yo’qlar, shirin so’zlar,
Qalbakilashtirilgan ismlar, sun’iy ko’rinishlar, hammasi bir tiyin.
Gap so’z bozorida g’iybatdan foyda ko’rgan asallar,
Kundalik daftarlariga hayotimni beor holatda yozib bitganlarga
Parvoyim yo’q, ovora bo’lmasinlar. (do you hear me?)
Dengizda kema misoli suzarim aniq, to’xtaganim yo’q hali ou,
Tanu jonim salomat, yo’qotganim yo’q bilagimdagi quvvatimni,
Zo’r emasman, yerda ham qolgan emasman.
Kun o’tar kundan g’animat,
Yuraklarda yotar hasrat,
Yaxshi so’z bilan yaxshilar bo’laylik,
Qalblarimizga yo’l topaylik.
Hamma hammaga g’animat,
Afsus topmay oxiri oqibat,
Yaxshilik qilib hamohang bo’laylik,
Do’stlik dargohiga jam bo’laylik.
Demadim o’zgani yomon, qilmadim isyon,
Qalbimda saqlamadim gumon, topmadim ziyon.
Yomonning esa yomonligining o’zi yuz bora zarariga kifoya,
Hayotning sovg’alari ko’p hali, ko’rinmas nihoya.
Ha, o’z yo’lim sari qadamim ravon, man bo’lmasman hayron,
Agarda sha’nimga davoman, to’xtamasdan yog’ilsa ham xazon.
Yoyilsa rost yoki yolg’on, farqi nimada?
Og’ir vazn bilan xunuk muomala qilish,
Qoshlarning burmalanishi har kimda berkingan hislat,
Negadir kulib tabassum qilish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi.
Qilinmas odat, umuman olganda saqlanmaydi ba’zida odobu matonat,
Hamma o’ziga bek, o’zicha o’ziga xon, boriga yo’qdir qanoat.
Kun o’tar kundan g’animat,
Yuraklarda yotar hasrat,
Yaxshi so’z bilan yaxshilar bo’laylik,
Qalblarimizga yo’l topaylik.
Hamma hammaga g’animat,
Afsus topmay oxiri oqibat,
Yaxshilik qilib hamohang bo’laylik,
Do’stlik dargohiga jam bo’laylik. (x2)