Shoxrux feat. Bob - O'zing

Shoxrux

O’zing

Olamda o’zgarish bor, lekin qalbimda bir hol,
Yurakda bir fasl – qish, har bir ishda malol,
Azali yo’q hamda oxiri ko’rinmas yo’l, lim zulmu zavol,
Istak sari hayotimning tarkibidagi dardu g’am bilan.
Arang qo’zg’alaman manzillaringga,
Yarim qalb o’ksigan ko’ngil bilan intilaman visolingga.
Ko’zlarimning teranligida o’zga sayyora
Unutdim qay zamon qaysi vaqt
Harakatim soddai rasvo bo’lish davogarligida.
Bilamanki na bir taxt, na bir baxt bor maning uchun o’zingsiz,
Yozdim man kuydim ham yuz parchaga bo’lindim,
Butun umr izlaganim uchun ham, nimani ko’rsam ham
Uni o’zing deb bildim.

Har vaqti sahar uchrashgani tayyor turaman,
Beor, bedor va beozor so’zlagin, aniq muntazirman,
Man o’zim deb emas, o’zingni deb yashayman.
Har vaqti sahar ko’zdan oqqan tomchilarimni sanab,
Kaftimga tavbalarimni chorlab,
Oqaman suv kabi behol, bir qarab kuydiradigan zar nazaringni tilab.
Hayollarimdan o’tadi ming xil sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisa,
Qalam yozar kunduzu oqshomimdagi nolalarimni, maning misoli qalandar.
Hayotim dunyoning orzu havaslaridan holi bo’lgan bir g’amgin asar,
Negadir eshitilmaysan, bemor holimni so’ragani keldi hamma,
Faqat o’zing kelmading holimni so’rab, nega?

Vaqt o’tar ketar, ko’zlarim bedorligi bo’yi tonglarim otar,
So’zimda bugunda faqat g’amginlik, bo’lsini borida
Borida negizi cheksiz mamnunlik.
Talpinaman yorib ko’pdan ko’pi kamida jami son sanog’i yo’q to’siqlarni,
Topaman deb surdim qo’llarim bilan bulutlarni, topdim faqat yulduzlarni.
Undan ortig’i emas, mayli gardanimga ilinsin olamlar og’irligi,
Man axir roziman jamoling bo’lsin evaz, esim past emas.
Faqat yolg’izlikdan ba’zi tomim ketar, nari borsa holim battar.
Iltimos qilaman, qo’lim tinmay yozgan xatlarimga to’xtamay chorlaganimga,
Or qilmay so’ragan so’rog’imga, rasvoligimdan o’tib nazar sol, nazar sol.
(Nazar sol… nazar sol… nazar sol…)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zing
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 4, 2014