Yangraydi shum yangalar aytgan o`sha dardli o`lan, yor-yorlari,
Yayraydi to`yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.

Oppoq libos yarashibdi, yor, bo`yingga,
Baxtli bo`l, iloyim, yetib kir uyingga.
Toshdek borib qotgin borgan joyingga,
Ranjimagin kelganim uchun to`yingga.
Ko`rib ko`ngling, iltimos, xira bo`lmasin,
Kayfiyating man deya so`lmasin.
Orzuyim oppoq libosda ko`rish edi,
Dedim orzuyim armon bo`lib qolmasin.
Yangraydi shum yangalar aytgan o`sha dardli o`lan, yor-yorlari,
Yayraydi to`yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.
Yangraydi shum yangalar aytgan o`sha dardli o`lan, yor-yorlari,
Yayraydi to`yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.
Egma boshingni, tik qara taqdir ko`ziga,
To`g`ri qilding kirib otangning so`ziga.
Ular yomonlik ravo ko`rmaydi,
Barchasini qo`yib ber vaqtning o`ziga.
To`g`ri, o`tmishni yod olib dard yutamiz,
Qalbimizni azob qo`liga tutamiz.
Ammo endi sevishdan nima foyda?
Kel, yaxshisi bir-birimizni unutamiz!
Yangraydi shum yangalar aytgan o`sha dardli o`lan, yor-yorlari,
Yayraydi to`yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.
Yangraydi shum yangalar aytgan o`sha dardli o`lan, yor-yorlari,
Yayraydi to`yxonada san deb mandan boshqa barcha yoronlari.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 23, 2017