Siddiq Mahmudov - Majnuntoldek (Nurli) qo'shiq matni, lyrics

Siddiq Mahmudov

Majnuntoldek (Nurli)

Majnuntoldek boshginangni egmagil, jonim,
Ko`zlaringdan yoshginangni to`kmagil, jonim. (x2)
Endi qayta uchrashmasmiz – kutmagil, jonim,
Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l,
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l,
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Ohlar ursam, tog`lar toshi qulablar ketdi,
Ostonangdan bir mard yigit yig`lablar ketdi.
Dardlarini kuylariga ulablar ketdi,
Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l.
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l,
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Bu dunyodan yig`lab o`tgan ozmi, jonim?
O`zing o`yla, dardsiz sozlar sozmi, jonim?
Qo`ygil meni unut, ko`ngling buzmagin jonim,
Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l.
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l.

Nurli-nurli nurga cho`mgan bir xayol bo`l,
O`z yoriga sadoqatli bir ayol bo`l. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Universal Profilega minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Majnuntoldek (Nurli)
Xonanda:
Siddiq Mahmudov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 13, 2019