Sobirjon Mo'minov - Eslarmikansan

Sobirjon Mo'minov

Eslarmikansan

Kunlar, oylar o`tib, o`tganda yillar
Bir-birin unutsa yuraklar, dillar,
Ertaga ko`milsa, biz yurgan yo`llar,
O`shanda sen meni eslarmikansan?
Sevganim qayda, deb izlarmikansan?

O`shanda sen meni eslarmikansan?
Suyganim qayda, deb izlarmikansan?

Osmondan uchsa gar bir yorug` yulduz,
Yuraging g`ash tortsa kechayu-kunduz,
Kimsasiz, tor uyda qolganda yolg`iz,
O`shanda sen meni eslarmikansan?
Sevganim qayda, deb izlarmikansan?

O`shanda sen meni eslarmikansan?
Suyganim qayda, deb izlarmikansan?

Bolangga ertaklar so`ylayotganda,
Baxtiyor chog`laring o`ylayotganda,
Qalbingni nimadir qiynayotganda,
O`shanda sen meni eslarmikansan?
Sevganim qayda, deb izlarmikansan?
Suyganim qayda, deb izlarmikansan?
O-oh, o-oy, o-oy.

Kimdir kelib, senga tasalli bersa,
Oxir paymonasi to`libdi desa,
“Eshitdingmi, Ahad o`libdi?” desa,
O`shanda sen meni eslarmikansan?
Sevganim qayda, deb izlarmikansan?

O`shanda sen meni eslarmikansan?
Suyganim qayda, deb izlarmikansan?

Kunlar, oylar o`tib, o`tganda yillar
Bir-birin unutsa yuraklar, dillar,
Ertaga ko`milsa, biz yurgan yo`llar,
O`shanda sen meni eslarmikansan?
Sevganim qayda, deb izlarmikansan?

O`shanda sen meni eslarmikansan?
Suyganim qayda, deb izlarmikansan?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eslarmikansan
Xonanda:
Sobirjon Mo'minov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 13, 2016