[Sobirjon Mo’minov]
Ko`z tegmasin shunday go`zal Vatanimga,
Jannatlarga o`xshagan bu maskanimga. (x2)
O`glim, senga aytar so`zim quloq solgin,
Zog`larni hech qo`ndirmagin chamanimga.
Bu tuproqqa tayoq suqsang, yozar yaproq,
Odamlarin ko`ngillari qorday oppoq.
O`zga yurtlar non-u tuzin havas qilma,
Har insonni o`z yurtida baxti porloq.
[Sobirjon Mo’minov va Ro’zimuhammad Mo’minov]
Ko`z tegmasin Vatanimga, ko`z tegmasin,
Ko`z tegmasin chamanimga, ko`z tegmasin.
[Ro’zimuhammad Mo’minov]
Nasihat-u so`zingizga quloq solay,
Yaxshi inson andozasin sizdan olay.
Obod yurtim quchog`ida erkin, shodman,
Yurtim uchun, xalqim uchun xizmat qilay.
[Sobirjon Mo’minov va Ro’zimuhammad Mo’minov]
Ko`z tegmasin Vatanimga, ko`z tegmasin,
Ko`z tegmasin chamanimga, ko`z tegmasin.
[Sobirjon Mo’minov]
Yurt koriga yarar asli er yigitlar,
Do`stga sodiq, beli bog`liq, sher yigitlar.
Halollig-u, poklik senga bo`lsin yo`ldosh,
Bundaylarga doim Alloh o`zi qo`ldosh.
[Ro’zimuhammad Mo’minov]
Qonimda bor o`zbeklarning nomus-ori,
Fidokorlik, mardlik, mehribonlik bari.
Xalqim bilan men hamisha bir safdaman,
Bormoqdamiz go`zal, obod manzil sari.
[Sobirjon Mo’minov va Ro’zimuhammad Mo’minov]
Ko`z tegmasin Vatanimga, ko`z tegmasin,
Ko`z tegmasin chamanimga, ko`z tegmasin.
[Sobirjon Mo’minov]
Yaxshilarga qalb eshiging ochgin o`glim,
Yomonlardan yiroq yurgin, qochgin o`glim.
Suyanch tog` bo`l ukalaring, singlingga sen,
Bizlar orzu qilgan saxiy, mard bo`l o`g`lim.
[Ro’zimuhammad Mo’minov]
Ro`zimuhammadning shudir aytar so`zi:
Har dam yorug` bo`lsin ota-onam yuzi.
Sizga va’da beray elu-yurt oldida,
Vatan uchun xizmat qilar uning o`zi.
[Sobirjon Mo’minov va Ro’zimuhammad Mo’minov]
Ko`z tegmasin Vatanimga, ko`z tegmasin,
Ko`z tegmasin chamanimga, ko`z tegmasin. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 8, 2016