Sobirjon Mo'minov - Omon bo'lsin ayolingiz

Sobirjon Mo'minov

Omon bo’lsin ayolingiz

Ey yoronlar, bir gap aytay quloq tuting, {x2}
Bu gapimdan chiroyli bir hikmat kuting.
Xayoldagi o`zga yorni siz unuting,

O`zgalarga ketmasin hech xayolingiz,
Baxtingizga omon bo`lsin ayolingiz. (x2)

Ko`chalarda tovlansa ham tovus kabi,
Olma-anor eslatsa ham yuzi, labi,
Bilmaysizku qanday ekan uning qalbi,
O`zgalarga ketmasin hech xayolingiz,
Baxtingizga omon bo`lsin ayolingiz.

Ishga ketar chog`ingizda omad tilar,
Farzandlarni tarbiyalab, boshin silar.
Baxt emasmu har erkakka asli shular?
O`zgalarga ketmasin hech xayolingiz,
Baxtingizga omon bo`lsin ayolingiz.

Hurmatlaydi otangizni, onangizni,
Toza tutar hovlingizni, xonangizni,
Yaratganga ayting hamdu-sanoyingizni,
O`zgalarga ketmasin hech xayolingiz,
Baxtingizga omon bo`lsin ayolingiz.

Sobirjonning qo`shig`ini olmang malol,
Yashash kerak chin insondek toza, halol,
Ayolingiz momo bo`lsin, siz bardam chol,

O`zgalarga ketmasin hech xayolingiz,
Baxtingizga omon bo`lsin ayolingiz. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omon bo’lsin ayolingiz
Xonanda:
Sobirjon Mo'minov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016