Senga bo`lgan sevgimni dunyolar bilmasa ham,
Bandasin yaratgan yolg`iz Ollohim bilsa bas.
Bizlardan bugun diydor ketmoqda yiroq,
Bizlarga o`z hukmin o`tkazar firoq.
Tanishdik, do`stlashdik, tushunmay qoldim
Qachon biz ulgurdik sevishishga ham?
Nega qaytmayapman rostdan ham sevsam,
Nega sog`inyapman agar sevmasam?
Senga bo`lgan sevgimni dunyolar bilmasa ham,
Bandasin yaratgan yolg`iz Ollohim bilsa bas.
Bizlardan bugun diydor ketmoqda yiroq,
Bizlarga o`z hukmin o`tkazar firoq.
Yig`layapsan, ko`zlaringda tomchilar yosh,
Sen ham mendek og`rinibsan-da, bag`ri tosh.
Sotqin ko`zlaring qilib qoydiku fosh,
Va nihoyat sog`inibsan-da berolmay bardosh.
Tanishdik, do`stlashdik, tushunmay qoldim
Qachon biz ulgurdik sevishishga ham?
Nega qaytmayapman rostdan ham sevsam,
Nega sog`inyapman agar sevmasam?
Senga bo`lgan sevgimni dunyolar bilmasa ham,
Bandasin yaratgan yolg`iz Ollohim bilsa bas.
Bizlardan bugun diydor ketmoqda yiroq,
Bizlarga o`z hukmin o`tkazar firoq. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 31, 2016