Assalomu alaykum xonimlar va janoblar.
Hozirgi ijro etiladigan qo`shiq hayotning qizig`ida chakanayam yurmagan, Xudo insof berib, hayotning chizig`ida yurgan aka-uka birodarlarimizga bag`ishlanadi. Maestro, marhamat!
Yigitlik davrin surib
O`tay deysan dunyoda,
Omad surib ketsachi,
O`pkalama Xudodan.
Yigit ko`z yosh to`karmu?
Ha, judolik ko`rganida!
Yigit nima, qari ham
Titrar ajal kelganida.
Ajalga tengdir bari
Go`dakmi, yosh yo qari.
Bog`lar xazon bo`lguncha
Bol yig`ar asalari.
Bir, ikki, uch, o`ttiz uch,
Yigit tasbeh aytibdi.
Qo`llasin Parvardigor,
Gunohlardan qaytibdi. (x2)
Taqdiringdan rozi bo`l,
Qovoq uyma, qozi bo`l.
Xor-zor bo`lma, birodar,
Qariganda xoji bo`l.
Yigit davring suraver,
Eh, qandingni uraver.
Imoratni mustahkam
Oxiratga quraver.
Yovga egma boshingni,
Iblis to`kmasin yoshingni.
Aytgamiz yoqmasa,
Bor, teraver toshingni.
Bir, ikki, uch, o`ttiz uch,
Yigit tasbeh aytibdi.
Qo`llasin Parvardigor,
Gunohlardan qaytibdi. (x6)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 31, 2017