Tohir Mahkamov - Arazingiz

Tohir Mahkamov

Arazingiz

Arazingiz ko`zlarimga jola qilay,
Ko`ngil ber deb ming bor o`lib, ming tirilay. (x2)
Sizga yolg`iz men alamli qo`shiq aytay,
Arazlarda jonim qolib ketsin mening. (x2)

Keting, faqat dilim qaytib berib keting,
Suygan ko`ngil ko`z yoshini ko`rib keting.
Telba dilni bir shapaloq urib keting,
Ko`z yoshlarda jonim qolib ketsin mening. {x2}

Yetar endi, araz qilmay beri keling,
Yor bo`lsangiz, hijronlardan yulib keling.
Yalintirmang, bitta qarab, bitta kuling,
Kulgingizda jonim qolib ketsin mening.

Yetar endi, araz qilmay beri keling,
Yor bo`lsangiz, hijronlardan yulib keling.
Yalintirmang, bitta jonim, bitta kuling,
Kulgingizda jonim qolib ketsin mening.

Keting, faqat dilim qaytib berib keting,
Suygan ko`ngil ko`z yoshini ko`rib keting.
Telba dilni bir shapaloq urib keting,
Ko`z yoshlarda jonim qolib ketsin mening. {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Arazingiz
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 7, 2016