Kechar bo`lsam ko`zim to`lgan ziyolardan,
Ketar bo`lsam bu yolg`onchi dunyolardan,
Ko`ngil bezsa o`tli oh-u nidolardan,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Ko`ngil bezsa o`tli oh-u nidolardan,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Men bor edim, bilmadingiz borligimni,
Bilmadingiz mehringizga zorligimni.
Sizlarga baxsh etib ketgum borlig`imni,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Yig`lamanglar quchib sovuq marmar toshni,
O`xshatmanglar menga yulduz yo quyoshni,
Tinchroq yotay zax yerlarga qo`yib boshni,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Tinchroq yotay zax yerlarga qo`yib boshni,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Men bor edim, bilmadingiz borligimni,
Bilmadingiz mehringizga zorligimni.
Sizlarga baxsh etib ketgum borlig`imni,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Yo`q bo`laman, qo`shiqlarim bor bo`ladi,
Tanam tuproq, ko`z yoshlarim qor bo`ladi,
Eslasangiz sog`inch sizga yor bo`ladi,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Eslasangiz sog`inch sizga yor bo`ladi,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Men bor edim, bilmadingiz borligimni,
Bilmadingiz mehringizga zorligimni.
Sizlarga baxsh etib ketgum borlig`imni,
Meni yo`qlab qabristonga bormanglar.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Nomi:
- Meni yo’qlab qabristonga bormanglar
- Xonanda:
- Tohir Mahkamov
- Muallif:
- O'ktam Shoir
- Bastakor:
- Tohir Mahkamov
- Klipmeyker:
- Ilhom Yusuf
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 23, 2021