Dunyoda eng yomoni — ayriliq.
Lekin hech kimni ko`z ochib ko`rgan yoridan ayirmasin.
Ruhlaring shod bo`lsin, iloyim,
Jannatdan joy bersin Xudoyim,
Tushimga bir kirib qo`ysang, bas
Uchrashtirsin qodir Xudoyim.
Bir kam dunyo kamligicha qolib ketdi,
Yuragimga armonlarin solib ketdi,
Uch farzanding seni kutib tolib ketdi,
Qaytmas bo`lib ketgan mening Nilufarim. (x2)
Orzulari osmonlarga ketgan uchib,
Ulgurmagan o`g`ilchasin bir bor quchib,
Farzandim, deb o`z jonidan qo`ygan kechib,
Qaytmas bo`lib ketgan mening Nilufarim.
Farzandim, deb o`z jonidan qo`ygan kechib,
Qaytmas bo`lib ketgan mening Nilufarim.
Yuragimga tog`lar qulab, qoldi xayol,
Sen bo`lolmas bu dunyoda hech bir ayol,
Esizginam, farishtam-a, ko`rding zavol,
Qaytmas bo`lib ketgan mening Nilufarim. (x2)
Qani endi bir bor ortga qaytsa hayot,
Ne yo`l bilan aylay endi ruhingni shod,
Seni eslab yoring chekar ohu faryod,
Qaytmas bo`lib ketgan mening Nilufarim.
Seni eslab yoring chekar ohu faryod,
Qaytmas bo`lib ketgan mening Nilufarim.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 26, 2016