Tohir Mahkamov - Xudodan qaytsin

Tohir Mahkamov

Xudodan qaytsin

Vaqt kelib tanimni tark etsa jonim,
Haqdorlar haqidan kechmasin, ayting.
Alarga yetmasa gar xonumonim,
Mendan qaytmagani Xudodan qaytsin!

Volidam oq sutin oqladimmi men,
Padarim ko`nglini shodladimmi men?
Ey yorim, sizga zar taqmadimmi men?
Mendan qaytmagani Xudodan qaytsin!

Ko`z ochib yumguncha o`tguvchi muhlat,
Niyat yo`q hattoki diydorga kulfat,
To tirik ekansan, unutma ulfat,
Mendan qaytmagani Xudodan qaytsin!

Kim malham, kim bo`ldi yuragim dardi,
Dunyoda uchradi yovi ham mardi,
Yovni-ku bir o`zim yengsam bo`lardi,
Mendan qaytmagani Xudodan qaytsin!

Yo`q do`stga ishondim, so`zga ishondim,
Bahorga aldanib, kuzga ishondim,
Mehrimni yuragi muzga ishondim,
Mendan qaytmagani Xudodan qaytsin!

Hayot hayotligin qildi baribir,
Yuragim ayamay tildi baribir,
Kimdir sevib yashar meni qaydadir,
Mendan qaytmagani Xudodan qaytsin!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xudodan qaytsin
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 13, 2016