Tasodifan yoki bilmayman qanday
Qilib kirding mening tushimga.
O malika, dong`ing seni ketgan
Yetmish yetti mamlakatga.

Necha-necha shahzodalar
Nobud bo`ldi ishqingda.
Men ham keldim shu qatorda,
Sharting bajo aylashga.

O malika, o malika, o malika,
Jonimni beraman men senga.
O mali-malika, o mali-malika,
O mali-malika, malikam meni.

Yubording sen meni
Borsa qaytmas tarafga.
O malika, kutsang bo`ldi,
Men qaytaman albatta.

Podshohning yarim mulki menga
Kerak emas aslo. (aslo)
Faqat bersin u qizini,
Men olib ketay uyimga.

O malika, o malika, o malika,
Jonimni beraman men senga.
O mali-malika, o mali-malika,
O mali-malika, malikam meni.

Yugur oshiq, visolig’a,
Quloq solmay malomatga.
Malomatchi da’vo qilmas
Bunday sho`rlik qiyomatga.

Tushimda ko`rdim-u vasling,
Shakar emdim dudog`ingdan.
Yotardik bir o`rinda, (sen)
Birga ajralmay quchog`ingdan.

Tushimda ko`rganim chindur, (Podshohning yarim mulki menga)
Ki pok sevgimiz ham bo’lsin. (Kerak emas aslo (aslo))
Yotay o’rnimda ham shunday,
Raqiblar o’rtanib o’lsin.

Men seni ko’rmay turib, (Faqat bersin u qizini)
Bilmas edim ishq dardini.
Lahzada vayrona bo’ldi (Men olib ketay uyimga)
Ishq obod bu ko`cha.

O malika, o malika, o malika,
Jonimni beraman men senga.
O mali-malika, o mali-malika,
O mali-malika, malikam meni.

Jonimni beraman men senga.
O mali-malika, o mali-malika,
O mali-malika, malikam…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Malika
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2015