Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Do'stim

Tohir Sodiqov

Mening do’stim

Bahorda sovuq shamollar,
Yozda esa oppoq qorlar,
Yog`adi, deb o`ylamagandim sira.
Tundan ham qorong`u kunlar,
Qayg`udan achchiq tuyg`ular,
Bo`ladi, deb ishonmagandim sira.

Yig`layman-u, oqmas yoshlarim,
Kulaman-u, yo`q quvonchlarim,
Armonlarim yonar mening qalbimda.
Hech narsa yo`qdek atrofimda,
Go`yo bir o`zimman dunyoda,
Aytolmayman dardim endi hech kimga.

Mening do`stim, sevib qolsang,
Men bilan dardlasharding.
O`zingga ishonganday ishonarding,
Nima yeb, nima kiysang bo`lisharding,
Mening do`stim.

Mening do`stim, ortimdan
Gapirsalar yo`l qo`ymasding.
Xatolarimni yuzimga aytarding,
Endi bilinadi sening yo`qliging,
Mening do`stim.

O`sha kunlar mening ko`z oldimda,
Bizlar o`sdik bir mahallada,
Birga ko`rdik yaxshi-yomonni, esla.
Sho`xliklarimiz ham yodimda,
Nimalar qilmadik yoshlikda,
Birga o`rgandik biz hayotni shunda.

Bor edi orzu-umidlar ham,
Eng olijanob maqsadlar ham,
Ikkimizni bog`lagan bu do`stlik-da.
Bor edi kulgu va quvonchlar,
Bor edi qayg`u va azoblar,
Ikkimizni tanlagan yo`limizda.

Mening do`stim, sevib qolsang,
Men bilan dardlasharding.
O`zingga ishonganday ishonarding,
Nima yeb, nima kiysang bo`lisharding,
Mening do`stim.

Mening do`stim, ortimdan
Gapirsalar yo`l qo`ymasding.
Xatolarimni yuzimga aytarding,
Endi bilinadi sening yo`qliging,
Mening do`stim. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mening do’stim
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 12, 2015