Yoshligimda seni juda yomon ko`rardim,
Yonimda o`tirsang sochingdan tortardim.
Esingdamu shu ishlar jonim,
Hali esingdan chiqmagandur.
Ko`zingdan yoshlar tomchilab oqardi,
Mening esa senga rahmim kelmasdi.
Kechir meni, kechir qizaloq,
Yoshligimda edim men sho`xroq.
Yoshlikdagi injiqroq,
Shiringina qizaloq.
Seni boshqa xafa qilmayman,
Seni boshqa xafa qilmayman.
Yillar o`tdi,
Katta bo`ldik biz ham bir muncha,
O`zgarding ko`zimni ochib yumgunimcha.
Yosh oqmasdi sening ko`zingdan,
Tortolmasdim sening sochingdan.
Yoshlikdagi injiqroq,
Shiringina qizaloq.
Seni boshqa xafa qilmayman,
Seni boshqa xafa qilmayman.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 23, 2016