Vaslingga jon tikaman, voy dilim,
Ne bo`lsa bo`lar oxir holatim.
Zimmamga tog` ilaman, voy dilim,
Evazi o`zgani emas, meni de faqat.
Bu kunimdan kechagi kun yaxshi,
O`yilmoqda menda ishqim naqshi.
Seni mutloq bilmaganim yaxshi,
Dildorim, oh meni degin, meni de faqat.
Yuzlari norim, dildorim,
Bog`imdagi gulzorim,
Nega sensiz bir zum turolmayman?
Barokatimning bemori,
Qalbimning shifokori,
Nega men seni yaxshi ko`raman?
Beg`am-u xabarsizligim qayda,
Tinglagin, dardim taralar nayda.
Yuzimdagi tabassumim qayda,
Evazi o`zgani emas, meni de faqat.
Halovatimning yo`gi – rost mani,
Bila turib, beparvosan yana.
Ko`ngil qo`yganim, inon rost mani,
Dildorim oh meni degin, meni de faqat.
Yuzlari norim, dildorim,
Bog`imdagi gulzorim,
Nega sensiz bir zum turolmayman?
Barokatimning bemori,
Qalbimning shifokori,
Nega men seni yaxshi ko`raman? (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 31, 2017