Xomushlik qamragan qalbimni,
Xayollarimning bekatlarida
Sovuq shamol esdi.
Ketavergin sen meni tashlab,
Yalinmayman qolishing so’rab,
Ne bo’lsa ham endi bo’laversin,
Bilsang, afzalroq menga parvoz.
A sen ketaver,
Sen menga qarama!
Nega hayronsan?
Axir men rozi, rozi. (x2)
Hayronligingdan hayrondirman,
Axir senga yaxshi emasmidi?
Bir birimizdan dam olaylik derding,
Mana endi butunlay dam ol!
A sen ketaver,
Sen menga qarama!
Nega hayronsan?
Axir men rozi, rozi. (x2)
Tushunolmadim holatingni,
Negadir anglolmadim ahvolingni.
Sevgimiz barbod bo’lgan,
Harakat qilma tiklashga,
Endi sen meni o’ylama,
Xayr, mayli, baxtli yasha!
A sen ketaver,
Sen menga qarama!
Nega hayronsan?
Axir men rozi, rozi. (x4)
Axir men rozi, rozi…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 14, 2014