Ulug'bek Rahmatullayev - Allohga hamd-u sano ayting qo'shiq matni, lyrics

Ulug'bek Rahmatullaev

Allohga hamd-u sano ayting

Sajdaga bosh qo`ying, tiz cho`king,
Allohga sano ayting, undan qo`rqing.
Savobga yo`l toping, gunoh to`king,
Allohga sano ayting.

G`iybatga quloq bermang, yiroq keting,
Savlatga ko`p kerilmang, og`ir bo`ling.
Jannatga yo`l toping, gunoh to`king,
Allohga hamd-u sano ayting,
Allohga hamd-u sanolar ayting.

La Ilaha Illalloh,
Muhammadur Rasululloh. (x4)

Xatolar qilsag-u tavba qilmasak,
Yaxshilik qadrini aslo bilmasak,
Uyalmay aytamiz insonmiz deya,
Ayting, na issiq, na sovuqqa ko`namiz.

Umr daryo kabi oqib o`tmoqda,
Kimdirlar bir-birin boshiga yetmoqda.
Bizni u dunyoda nelar kutmoqda,
Ollohga faqat hamd-u sanolar ayting,
Allohga hamd-u sanolar ayting.

La Ilaha Illalloh,
Muhammadur Rasululloh. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Allohga hamd-u sano ayting
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bahodir Nizomov
Bastakor:
Umid Obidov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
April 26, 2021