Necha kundir, bekor kutib uni,
O`ylab-o`ylab, javob topolmas hech.
Hatto telefon qo`ng`irog`i jim,
Qalbing esa yig`lar erta-kech.
Endi farqi yo`q – kim bunga aybdor,
U ketib bo`lgan, etib qadrini bor.
Ko`z oldingda rangsiz endi dunyo,
Sen yolg`izsan, baxting ham bir ro`yo.
Sevgan yoring yo`q endi boshqa,
Endi o`zga u bilan birga.
Tuyg`ulari faqat u uchun,
Ilojing yo`q ko`zdagi yoshga.
Sevgan yoring seni yo`q endi boshqa,
Endi doim u bilan birga.
Kulgulari faqat u uchun,
Alam qilar sen bag`ritoshga.
Uning sevgisini asray bilmasding,
Qalbiga hech parvo ham qilmasding.
Yaxshi ko`rib qora ko`zlarni,
Ammo ayar eding shirin so`zlarni.
Endi senga armon uning ko`zlari,
Sevaman, deb erkalagan so`zlari,
Ertak kabi shirin damlari,
Senikimas endi bularning bari.
Sevgan yoring yo`q endi boshqa,
Endi o`zga u bilan birga.
Tuyg`ulari faqat u uchun,
Ilojing yo`q ko`zdagi yoshga.
Sevgan yoring seni yo`q endi boshqa,
Endi doim u bilan birga.
Kulgulari faqat u uchun,
Alam qilar sen bag`ritoshga. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 25, 2017