Ulug'bek Rahmatullayev va Dildora - Yulduz bo'laman qo'shiq matni, lyrics

Ulug'bek Rahmatullaev

Yulduz bo’laman

[Dildora]
Aka, men ham yulduz bo`lgim keladi,
Aka, sizga o`xshab yurgim keladi,
Aka, bilsangiz, orzularim serob,
Qachon orzular bo`ladi ro`yob?

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Singlim, nega shoshasan, vaqting uzoq?
Bilgin, yulduz bo`lishning mehnati bor.
Lekin albatta men ko`mak bergum,
Sen ham yulduz bo`lasan bir kun.

[Dildora]
Orzular qachon kelar manzilin izlab?
Qachon men ham bo`laman yulduz?

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Shoshilma,
Shiringinam, erkatoy singlim,
Hali sen ham bo`lasan yulduz,
Chinakam yulduz.

Singlim, mening so`zlarimni yaxshi tinglagin,
Senga o`rgatayin san’at sirlarin.
Bilgin ularni bexato,
Shunda qoyil qolar senga dunyo.

[Dildora]
Bildim, menga yaxshilikni ravo ko`rasiz,
Men haqimda doim qayg`urasiz. (seni yaxshi ko`raman)
Yaxshiyam dunyoda siz bor,
Sizga aytaman tashakkur takror.

[Dildora]
Orzular qachon kelar manzilin izlab?
Qachon men ham bo`laman yulduz?

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Shoshilma,
Shiringinam, erkatoy singlim,
Hali sen ham bo`lasan yulduz.

– Bo`laman yulduz!
– Chinakam yulduz.
– Bo`laman yulduz!

[Dildora]
Orzular qachon kelar manzilin izlab?
Qachon men ham bo`laman yulduz?

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Shoshilma,
Shiringinam, erkatoy singlim,
Hali sen ham bo`lasan yulduz,
Chinakam yulduz.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yulduz bo’laman
Xonanda:
Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 30, 2018