O’tar umr, o’tadi kunlar,
Yashar baxtsiz, baxti butunlar, (x2)
Ey, mening adashgan, bechora baxtim,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Bilsang yurakda dog’im bor mening,
Dog’imdan qolgan bir bog’im bor mening. (x2)
Unutish uchun o’tsa ham yillar,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog’ atirgullar.
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Chorlaydi sen tomon meni bu gullar.
Bir qush bo’lib parvona qilding,
Es-hushimdan ham devona qilding, (x2)
Ul kundan abgor, devona dillar,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Tan berib taqdirga qul bo’ldim o’zim,
Suymagan bulbulga gul bo’ldim o’zim, (x2)
Borim deb atashga ojiz bu tillar,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog’ atirgullar.
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Boshlaydi sen tomon meni bu yo’llar.
Qaylarda eding sen yoshligimda,
Nega uchramading beboshligimda? (x2)
Uchrading yurakka to’ldirib sirlar,
Eslatar seni oq atirgullar. (x2)
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog’ atirgullar.
Oq atirgullar, o’sha oq atirgullar,
Chorlaydi sen tomon meni bu gullar.
Oq atirgullar, oppoq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog’ atirgullar.
Oq atirgullar, o’sha oq atirgullar,
Men uchun atalgan bir bog’ atirgullar.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 15, 2015