Umidaxon - Aybim nedur qo'shiq matni, lyrics

Umidaxon

Aybim nedur

Nechun bilging kelmas sevgim qadrini?
Sevgan yurak sezmas yorning dardini.
Ishonib, baxsh etsa unga qalbini,
Bilib, sinash shart ekanmi sabrini?

Aybim nedur, aybim nedur,
Balki senga ayroligim yaxshidur.
Aybim nedur, aybim nedur,
Yurakdagi sevgim umrim naqshidur.

Dilim armonlardan yana yiglaydi,
Unga hecham bitta quvonch sig`maydi.
Yurak tinmay seni yana so`raydi,
Sog`inchlarimga bardoshim yetmaydi.

Aybim nedur, aybim nedur,
Balki senga ayroligim yaxshidur.
Aybim nedur, aybim nedur,
Yurakdagi sevgim umrim naqshidur.

Yo`lingni poylab, ko`zim izladi,
Mehr istadi – javob bo`lmadi.
Omadim kuldi, baxtim kulmadi,
Umid so`nmadi, yurak ko`nmadi.

Aybim nedur, aybim nedur,
Balki senga ayroligim yaxshidur.
Aybim nedur, aybim nedur,
Yurakdagi sevgim umrim naqshidur. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aybim nedur
Xonanda:
Umidaxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2018